BotQurBotQur

Kelajak texnologiyasi me’morlari

Robotingizni yarating.
Musobaqada g’alaba qiling.

Musobaqa nizomiga mos robot to’plamlari, sensor va qismlar, hamda noldan o’rgatuvchi video-kurslar — bittasi.

Biz haqimizda

Kelajak texnologiyasi me’morlari

BotQur — o’zbek tilida sifatli robotexnika ta’limi beruvchi kichik jamoa. Maqsadimiz — dunyoda oddiy ishchi kuch emas, jahon arenalarida o’z so’zini ayta oladigan, noyob kadr sifatida qaraladigan yoshlarni yetishtirish.

0+
musobaqa turi
0
robot to'plami
0%
o'zbek tilida

Musobaqa turlari

Qaysi musobaqaga tayyorlanyapsiz?

O’zbekistonda o’tkaziladigan “Kelajak Muhandislari” xalqaro muhandislik festivali va RoboContest.uz sport dasturlash olimpiadalari formatiga mos musobaqa turlari.

Robotlar to’plami

Musobaqa nizomiga mos to’plamlar

Yirik tadbirlar

O’zbekiston robototexnika ekotizimi

Musobaqa turlaridan tashqari, O’zbekistonda robototexnika yo’nalishida bir necha yirik chempionat, ko’rgazma va tashkiliy tadbir muntazam o’tkaziladi.

FIRST Uzbekistan Championship

O'zbekistonda ilk marotaba o'tkazilgan xalqaro robototexnika chempionati — mamlakat jamoalari xalqaro FIRST ekotizimiga qo'shildi.

Har yili aprel oyiToshkent shahriO'zbekiston Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyasi

WRC / FTC milliy saralash

World Robot Contest va FIRST Tech Challenge xalqaro bosqichlariga yo'llanma beruvchi milliy saralash — g'oliblar O'zbekistonni xalqaro finalda namoyon etadi.

Yiliga bir martaToshkent shahriMilliy tashkilotchilar

Harbiy robot texnologiyalari kubogi

Qurolli Kuchlarda joriy etilgan bosqichma-bosqich musobaqa tizimi: harbiy qism kubogi, harbiy okrug qo'mondoni kubogi va Mudofaa vaziri kubogi.

Avgust–dekabr oralig'ida uch bosqichTurli harbiy okruglarO'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

E-TechExpo

Elektronika, avtomatlashtirish va robototexnika yetkazib beruvchilari ishtirokidagi xalqaro ko'rgazma — texnik musobaqa va demo-tadbirlar bilan.

Har yili noyabr oyiToshkent shahriUzexpocentre NEC

Hackathons.uz tadbirlari

O'zbekistondagi xakatonlar va texnologik tadbirlar platformasi — robototexnikaga oid yaqin tadbirlarni shu yerda kuzatib borish mumkin.

Yil davomida muntazamTurli shaharlarTurli tashkilotchilar

Sana va davriylik taxminiy — rasmiy tashkilotchilar e’lonlariga qarab har yili yangilanadi.

Sensor va qismlar

Har bir to'plamda musobaqa uchun kerakli barcha sensor, motor va ehtiyot qismlar bor.

Video-darslar

Har bir to'plam ichiga o'zbek tilidagi video-dars va qo'llanmalar kiritilgan.

Nizomga moslik

Robotlarimiz tanlangan musobaqa turining rasmiy nizomiga mos qilib tayyorlangan.

Savollar

Tez-tez so’raladigan savollar

Robot to'plami sahifasida yoki pastdagi murojaat formasida ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — jamoamiz tez orada siz bilan bog'lanib, yetkazib berish va to'lov masalalarini birga hal qiladi.

Robotingizni tanlang, biz bog’lanamiz

Murojaatingizni qoldiring — jamoamiz siz bilan bog’lanib, yetkazib berish va to’lov masalalarini birga hal qilamiz.